HURMATLI UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISH SOHASI FIDOYILARI!
Siz azizlarni 18-aprel – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan chin dildan tabriklayman!
Bugungi kunda shahar va tumanlarimizning obodligi, tozaligi, infratuzilmalarning uzluksiz faoliyati, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishda aynan sizlarning halol, mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz muhim o‘rin tutadi.
Kommunal xizmatlar tizimi – bu har bir xonadon, har bir mahalla, har bir fuqaroga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim soha hisoblanadi. Toza ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti, elektr energiyasi, chiqindilarni tashish, yo‘l va obodonlashtirish xizmatlari kabi ko‘plab muhim vazifalar sizlarning zimmangizda. Aynan sizlar tufayli aholining kundalik hayoti qulay, xavfsiz va farovon kechmoqda.
Ob-havo sharoiti qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, tun-u kun mehnat qilib, xizmatni uzluksiz davom ettirayotgan kommunal xizmat xodimlarining zahmatli faoliyati har qancha e’tirof va e’tiborga loyiqdir.
Xatirchi tumanida ham ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, ekologik holatni yaxshilash va aholining yashash darajasini yuksaltirish borasida sizlarning hissangiz beqiyosdir.
Fursatdan foydalanib, sizlarga chuqur minnatdorlik bildiraman. Sog‘-salomatlik, bardavom kuch-g‘ayrat, oilaviy baxt, ishlaringizda muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilayman. Har doim hurmat va e’tiborda bo‘ling!
Kasb bayramingiz muborak bo'lsin!
Hurmat bilan,
Umidjon Adizov
Xatirchi tumani hokimi