Ishonch telefoni: +998 79 544-40-10
Devonxona: +998 79 544-40-10

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+

XATIRCHI: TARAQQIYOT ODIMLARI  

XATIRCHI: TARAQQIYOT ODIMLARI  

 

Islohotlar amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan joriy etilgan kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va “mahallabay” ishlash tizimi nafaqat joylardagi muammolarni hal etish, balki hududlarni rivojlantirishning ham mutlaqo yangi bosqichini boshlab berdi.

Bunda aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga xorijga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayhunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish yo‘nalishlariga e'tiborni qaratish zarurligi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida Xatirchi tumanida e’tirofga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1-sektorda jami 17 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, aholi soni 50 242 nafarni, shundan, xonadonlar – 9 511 tani, oilalar – 11 420 tani tashkil etadi.

Xususan, hududidagi iqtisodiy faol aholi 29 450 nafar, shundan, bandlar soni 21 110, ishsizlar soni 1 599 nafarni tashkil etib,ishsizlik darajasi 5,6 foiz, xorijga ishlashga ketganlar – 756 nafarni tashkil etadi. O‘rganishlar davomida 1-sektor hududida tomorqadan samarali foydalanilmayotgan 335 ta hamda ekin umuman ekilmagan 73 ta xonadonlarning tomorqa yer maydonlariga 2 va undan ortiq hosil beradigan ekinlar ekilishi ta’minlandi.

Tumandagi 1-sektorning 17 ta MFYga ATB “Mikrokreditbank” boshqarmasining 17 nafar xodimi barcha mahallalarga biriktirildi. Biriktirilgan banklar va hokim yordamchilari tomonidan har bir mahallada 5-7 tagacha kam daromadli, shuningdek, 1 sotix tomorqadan kamida 1-2 million so‘m, har bir xonadon bo‘yicha 50-60 million so‘m daromad olish uchun 130 ta xonadonlar tanlab olindi va ularga biznes paketlar ishlab chiqildi. Shu bilan bir qatorda, mavjud 70 ta mahallalardagi 37,2 mingta xonadonning 4 360 gektar tomorqa yer maydonlariga sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari to‘liq ekilishi ta’minlandi. Natijada mavsum yakuniga qadar 49,0 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirilib, 143,0 mlrd.so‘mlik daromad olinishi kutilmoqda.

Aytish mumkinki, har bir mahallada 5-7 tagacha kam daromadli jami 500 ga yaqin xonadonlar tanlanib, ularga “1 sotix tomorqadan kamida 1-2 million so‘m daromad” degan mezon asosida moliyaviy loyiha paketlari yetkazildi. Natijada, ushbu xonadonlar o‘z tomorqalaridan 50-60 million so‘mgacha daromad olish imkoni paydo bo‘ladi.

Birgina issiqxonalar faoliyati misolida gapiradigan bo‘lsak, jami manbalar (kredit, xomiylik, subsidiyalar) hisobidan 40 dan ortiq xonadonlarga issiqxonalar o‘rnatilib, issiqxonalardan yiliga ikki va undan ortiq hosil olish natijasida bitta xonadonning o‘rtacha daromadi 20-25 mln.so‘mdan oshishiga erishiladi.

Masalan, “Tasmachi” mahallasidagi Shomirza Safarov xonadoniga 33,0 mln.so‘m loyiha paketi hisobiga 3 dona asalari qutisi, 2 ta yirik va 4 ta mayda shoxli chorva mollari yetkazib berildi hamda 4 sotix tomorqasidan samarali foydalanish uchun kartoshka va boshqa poliz ekinlari ekilishi ta’minlandi. Natijada, xonadon egasi avval yiliga 12,0 mln.so‘m daromad olgan bo‘lsa, amaliy ko‘mak natijasida yil oxiriga qadar o‘rtacha daromadi 64,0 mln.so‘mga yetkaziladi va oilaning 2 nafar a’zosi ish bilan ta’minlanadi. Xuddi shunday, “Yangi” mahallasida Dilnavoz Mamatova xonadoniga 33,0 mln so‘m loyiha paketi hisobiga 4 ta yirik shoxli va     5 ta mayda shoxli chorva mollari yetkazib berildi hamda 3 sotix tomorqasidan samarali foydalanish maqsadida kartoshka va boshqa poliz ekinlari ekib berildi. Mazkur xonadon avval yiliga 18,0 mln.so‘m daromad olgan bo‘lsa, amaliy ko‘mak natijasida yil oxiriga qadar o‘rtacha daromadi 68,0 mln.so‘mga yetkaziladi va oilaning 2 nafar a’zosi bandligi ta’minlanadi. Shu bilan birga, 39 ta lider tadbirkorlar boshchiligida urug‘lik va ko‘chatlar yetkazib berish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Tomorqasidan samarali foydalanilmayotgan 1,5 mingta hamda ekin umuman ekilmagan 300 dan ortiq xonadonlarning tomorqa yer maydonlariga ikki va undan ortiq hosil beradigan ekinlar ekilishiga erishildi. Natijada, tomorqadan kamida 2 marotaba hosil oladigan xonadonlar soni 23,3 mingtaga ko‘payib, ulardagi yer maydoni 2 730.0 gektarga yetdi.

“Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilgan bir konturdagi daromadli eksportbop ekin ekiladigan na’munali loyihalarni amalga oshirmodqamiz. Bir so‘z bilan aytganda, Sayxunobod va Uychi tumanlari misolida ishlarni tashkil qilganimizdan so‘ng, aholida ham o‘zining imkoniyatlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha daromad olishga bo‘lgan qiziqishi ortdi.

Davlatimiz rahbarining mahallada ishlash bo‘yicha yaratib bergan tizimi natijasida “Hokim yordamchilari” bilan “mahallabay” ishlarni tashkil qilganimizdan so‘ng mavjud mahallalarning asl holati aniq ko‘rinib qoldi. Shunga asosan, tumanimizni 2024-yilda rivojlantirish strategiyasini belgilab oldik. Shu o‘rinda aholi bandligini ta’minlash borasida bajarilgan va bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tsam. Tumanda jami aholi soni 213 ming 200 nafarni, shundan, xonadonlar 38 ming 757 tani, oilalar 48 ming 885 tani tashkil etadi.

Iqtisodiy faol aholi 71 ming 737 nafar, shundan bandligi ta’minlangan fuqarolar soni 66 ming 537 nafar, ishsizlar soni 5 ming 200 nafarni tashkil etib, ishsizlik darajasini yanada pasaytirishga astoydil bel bog‘laganmiz. Bugungi kunda aholi bandligini ta’minlash dolzarb masalalardan biri ekanligini his qilib turibmiz, Yuqoridagilardan kelib chiqib, joriy yil yakuniga qadar 30 ming aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allik darajasini yil yakuniga qadar 8,7 foizdan 7,4 foizgacha kamaytirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Bunda, dastlab band bo‘lmagan aholining ijtimoiy qatlamini, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar va migratsiyadan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, yil yakuniga qadar 2 630 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga 72,5mlrd.so‘m miqdorda imtiyozli kreditlar ajratiladi, aholining 12 950 nafari tadbirkorlikka jalb etiladi, ijtimoiy daftarlarda turgan hamda kam ta’minlangan 522 nafar shaxslarga 2,2 mlrd.so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi, mehnat bozoridagi talabdan kelib chiqib 1 385 nafar shaxslar kasb-hunarga o‘qitiladi, kooperatsiya tashkil etish uchun 137gektar yer maydonlari ajratilishini qat’iy reja asosida belgilab olganmiz.

Prezidentimizning 2018-yilda tumanimizga qilgan tashrifi va tashabbusi asosida 35 gektar maydonda tashkil etilgan kichik sanoat zonasi barcha muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlandi.

Ushbu hududda qiymati 30 mln.dollar bo‘lgan 1 ming ish o‘rinli paxta tolasidan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan konveyer usuldagi tekstil korxona faoliyatini olib bormoqda.

Sanoat zonasida qiymati 137,8 mlrd.so‘m bo‘lgan 23 ta investisiya loyihalarini amalga oshirayapmiz. Shundan, 10 tasi qiymati 36,8 mlrd.so‘m bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi, 4 tasi qiymati 40,2 mlrd.so‘m bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari yil yakunigacha foydalanishga topshiriladi va 70 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Yana bir muhim masalaga e’tiboringizni qaratsam, aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 2022 yilda 17 foizni, joriy yil boshiga kelib 62 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich yil yakuniga qadar 70 foizga yetkaziladi. Xususan, investitsiya dasturi asosida 1 ta yirik loyiha bo‘yicha 2 ta ya’ni “Bog‘chakalon” hamda “Tinchlik”mahallalarida amalga oshiriladigan loyihalarga 11 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.

Shuningdek, 2022-yilda tuman aholisi soni 206 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilga kelib 213 ming nafardan oshdi, aholi sonining oshishi boshqa ijtimoiy sohalar singari odamlarning uy-joyga bo‘lgan talabini ham orttirmoqda, bunga yaqqol misol joriy yilning o‘tgan davrida aholi vakillari tomonidan arzon uy-joy bilan ta’minlash masalasida 300 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

Quvonarli jihati shundaki, davlatimiz rahbarining oqilona islohotlari va bu borada qabul qilinayotgan Farmon va Qarorlari asosida tuman markazida “Yangi O‘zbekiston” massivini barpo etish ishlari boshlab yuborildi. Massivda 182 xonadonli 6 ta zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar o‘rin olgan, shundan 2 tasi yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi.

“Inson qadri” ulug‘langan yurtda islohotlar jarayonida yuqoridagi raqamlar va yangilanishlar bularning barchasiga tumanimizning fidoyi, mehnkatkash, ko‘ksida yurtga daxldorlik hissi bilan yashayotgan aholimiz bilan hamjihatlikda erishyapmiz. Oldimizda maqsad va rejalarimiz, qilgan ishlarimizdan ko‘ra qilinmaganlarimiz ko‘p. Tumanimizning har tomonlama rivoj topishi, odamlarimizning davlatdan rozi bo‘lib farovon yashashi yo‘lida bor kuch-g‘ayrat va imkoniyatimizni safarbar qilamiz.

 

Umidjon ADIZOV,

Xatirchi tumani hokimi.

 

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!