Ishonch telefoni: +998 79 544-40-10
Devonxona: +998 79 544-40-10

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+

YANGI KONSTITUTSIYA NORMALARI AMALDA QO'LLANILMOQDA!!!

YANGI KONSTITUTSIYA NORMALARI AMALDA QO'LLANILMOQDA!!!

Da'vogar B.Rning javobgar Xatirchi tumani Xalq ta'limi bo'limiga nisbatan mehnat shartnomasini byekor qilish haqidagi buyruqni g'ayriqonuniy deb topib o'z ishiga tiklash, majburiy bekor yurgan kunlari uchun ish haqi va ma'naviy zarar undirish haqidagi da'vo arizasi fuqarolik ishlari bo'yicha Xatirchi tuman sudi tomonidan 2023 yil iyul oyining 6 kuni ko'rib chiqildi.

Aniqlangan holatlarga ko'ra, Xatirchi tumani Xalq ta'limi bo'limi mudirining 2023 yil 31 mart kunidagi 245-5-77-XT/2023-sonli buyrug'iga ko'ra R.B bilan imzolangan mehnat shartnomasi O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodyeksining (eski tahrirdagi) 100-moddasi 2-qismi 3-bandiga asosan bekor qilingan.

Mazkur buyruqqa asos sifatida unga 2023 yil 03 fevraldagi 22-5-77-XT/2023-son buyrug'i bilan qo'llanilgan xayfsan, 2023 yil 28 fevraldagi 190-5-77-XT/2023-son buyrug'i bilan qo'llanilgan 30 % jarima intizomiy jazo choralari, Xatirchi tuman prokuraturasining 2023 yil 28 fevraldagi 9/90-23-sonli taqdimnomasi, tushuntirish xati, lavozim majburiyatlari, kasaba uyushmasi qo'mitasining rozilik qarori, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (eski tahrirdagi) 100-moddasi ikkinchi qismi 3-bandi ko'rsatilgan.

Mazkur mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruq chiqarilgunga qadar, Xatirchi tumani Xalq ta'limi bo'limi mudirining 3.02.2023 yildagi 122-5-77-XT/2023-sonli buyrug'iga asosan R.Bga lavozim majburiyatlarini to'liq bajarmaganligi, ish jarayonida xato va kamchiliklarga yo'l qo'yganligi, ingliz tili fani o'qituvchisi D.Xning 2022 yil dekabrь oyi ish haqini yozish jarayonida kamchiliklari uchun “xayfsan” intizomiy jazosi berilgan.

Buyruqqa asos sifatida maktab diryektori Sh.Bning bildirgisi, tuman moliya bo'limi hamda maktab xodimlari tomonidan tuzilgan 2023 yil 19 yanvardagi dalolatnoma, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodyeksining 181-moddasi 1-bandi ko'rsatilgan.

Shuningdyek Xatirchi tumani Xalq ta'limi bo'limi mudirining 28.02.2023 yildagi 190-5-77-XT/2023-sonli buyrug'iga asosan R.Bga o'zining lavozim majburiyatlarini bajarishda kamchiliklarga yo'l qo'yganligi sababli o'rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi qo'llanilgan.

Buyruqqa asos sifatida maktab diryektori Sh.Bning bildirgisi, R.Bning tushuntirish xati, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-bandi ko'rsatilgan.

Sudda aniqlangan holatlarga ko'ra ish beruvchi, ya'ni javobgar Xatirchi tumani Xalq ta'limi bo'limi da'vogar R.B ga nisbatan ikki oy ichida uchta intizomiy jazo chorasini qo'llagan bo'lsada ammo birortasi bo'yicha ham da'vogarni intizomiy jazo berilgani to'g'risida buyruq xodimga ma'lum qilinmagan, tanishtirilgani haqida tilxat olinmagan.

Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining (eski tahrir) 182-moddasida ko'rsatilishicha, intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qo'llaniladi.

Intizomiy jazo qo'llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo'ya xatti-harakati uchun jazo qo'llashga to'siq bo'la olmaydi.

Intizomiy jazoni qo'llanishda sodir etilgan nojo'ya xatti-harakatning qay darajada og'ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.

Har bir nojo'ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo'llanishi mumkin.

Intizomiy jazo byerilgani to'g'risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror xodimga ma'lum qilinib, tilxat olinadi.

Xatirchi tumani Xalq ta'limi bo'limi mudirining 2023 yil 31 mart kunidagi 245-5-77-XT/2023-sonli buyrug'iga ko'ra R.B bilan imzolangan mehnat shartnomasi O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (eski tahrirdagi) 100-moddasi 2-qismi 3-bandiga asosan bekor qilingan. Mazkur buyruqqa asos sifatida unga bundan oldingi ikkita intizomiy jazo qo'llash haqidagi buyruqlar va Xatirchi tuman prokuraturasining 2023 yil 28 fyevraldagi 9/90-23-sonli taqdimnomasi asos qilib ko'rsatilgan.

Xatirchi tuman prokuraturasining 2023 yil 28 fyevraldagi 9/90-23-sonli taqdimnomasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021 yildagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan, shuningdyek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo'lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta'lim berish tartibi to'g'risida”gi Nizom talablariga rioya qilinishi ahvoli tuman XTB tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'rganilgani, o'rganishda bir nechta maktablarda shu sohada qator kamchiliklar aniqlangani, jumladan tumandagi 24-sonli umumta'lim maktabning o'qituvchisi N.B o'quv rejada fizika fani rejalashtirilmagan bo'lsada, ushbu fan bo'yicha unga dars soatlari o'tib kelingani kamchilik sifatida qayd etilgan.

Tuman prokuraturasining taqdimnomasida yuqorida qayd etilgan kamchilik Xatirchi tumanidagi 24-sonli umumta'lim maktabining o'quv ishlari bo'yicha diryektor o'rinbosari R.B tomonidan sodir qilingani yoki R.Bga intizomiy jazo chorasini qo'llash so'ralmagan bo'lsada, Xatirchi tumani Xalq ta'limi bo'limi mudiri tomonidan shu xolatlar bo'yicha R.B bilan mehnat shartnomasi mehnat intizomini muntazam ravishda buzib kelganligi vaji bilan bekor qilingan.

Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 638-sonli “Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi qaroriga 4-ilova qilib tasdiqlangan “Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan, shuningdyek uzoq vaqt davolanishgav muhtoj bo'lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta'lim berish tartibi to'g'risidagi” Nizomning 4-bob 20-bandida “O'quvchining qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib, ota-onalarning arizasiga muvofiq o'quv ryejasida ko'rsatilgan fanlarni umumiy soatlar miqdoridan oshmagan holda 1 soatga o'zgartirishga yo'l qo'yiladi.

Bunday o'zgartirish maktab direktorining buyrug'iga muvofiq o'quv rejasidagi bitta fanni boshqa bir fan bilan almashtirish hisobiga amalga oshiriladi” deb ko'rsatilgan.                 

Bundan ma'lum bo'lishicha fuqaro F.A ning nabirasi B.N ga jismoniy tarbiya fani o'rniga fizika fanini qo'yib berish maktab direktorining vakolati bo'lsada, bunday kamchilikka yo'l qo'yilganligi vaji bilan R.B ga ikki oy ichida uchinchi intizomiy jazo chorasi berilib u bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Sudda aniqlangan holatlarga ko'ra, jismoniy, aqliy yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan uyda yakka tartibda ta'lim olayotgan bolalarga bitta fanni boshqa bir fan bilan almashtirib berish vazifasi o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozim majburiyalariga kirmaydi, ammo shunday bo'lsada aynan shu holat bo'yicha R.B ga uchinchi intizomiy jazo chorasi ham noto'g'ri qo'llanilgan va buning natijasida u bilan mehnat shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilingan.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga ko'ra har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to'lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdyek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

Sud yuqorida ko'rsatilgan qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oliy sud Plenum qarori rahbariy ko'rsatma talablaridan kelib chiqib, sudda aniqlangan ish holatlariga ko'ra, javobgar Xatirchi tumani Xalq ta'limi bo'limining da'vogar R.B bilan mehnat sharnomasini bekor qilish haqidagi 31.03.2023 yildagi 245-5-77XT/2023-sonli buyrug'ini g'ayriqonuniy deb topishni hamda R.B ni 2023 yil 31 mart kunidan boshlab o'z ishiga, Xatirchi tumanidagi 24-son umumta'lim maktabining o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimiga ishga tiklashni lozim deb topdi.

Shuningdyek, da'vogar R.Bning 2023 yil 31 martdan 2023 yil 06 iyul kuniga qadar majburan bekor yurgan kunlari 3 oy 6 kun uchun jami 13.434.093 so'm ish haqi (soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar ushlangan holda) undirib berildi.

Xulosa qilib aytganda, yangi Konstitutsiya normalari amalda qo'llanilib, mehnat huquqlari buzilgan xodimning huquqlari sud orqali tiklandi.

Fuqarolik ishlari bo'yicha

Xatirchi tuman sudi raisi                                  B.Babaqulov.

 

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!