Ishonch telefoni: +998 79 544-40-10
Devonxona: +998 79 544-40-10

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+

HOKIM YORDAMCHILARI VA YOSHLAR YETAKCHILARINING FAOLIYATI TAHLILIGA BAGʻISHLANGAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

HOKIM YORDAMCHILARI VA YOSHLAR YETAKCHILARINING FAOLIYATI TAHLILIGA BAGʻISHLANGAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Bugun, 13 iyul kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xatirchi tumani prokurori N.Avazov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari I.Muhammadiyev, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari v.b O.Bekpo‘latov, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i U.To‘rayev va tumandagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida,  joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ishchi guruh tomonidan hokim yordamchilari va Yoshlar yetakchilarining ish faoliyat o‘rganib chiqilganida duch kelingan xato va kamchiliklar tahlil qilindi. Shuningdek, hozirda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini daromadga yo‘naltirish, ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga ko‘mak berish va jinoyatga moyil yoshlar bilan alohida tizimli ishlashni yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Tadbir yakunida mas’ullarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishlari va berilgan topshiriqlarni vijdonan bajarish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Xatirchi tumani hokimligi
axborot xizmati.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!