Da'vogar B.Rning javobgar Xatirchi tuman xalq ta'limi bo'limiga nisbatan myehnat shartnomasini byekor qilish haqidagi buyruqni g'ayriqonuniy dyeb topib o'z ishiga tiklash, majburiy byekor yurgan kunlari uchun ish haqi va ma'naviy zarar undirish haqidagi da'vo arizasi fuqarolik ishlari bo'yicha Xatirchi tuman sudi tomonidan 2023 yil iyulь oyining 06 kuni ko'rib chiqildi.
Aniqlangan holatlarga ko'ra, Xatirchi tuman xalq ta'limi bo'limi mudirining 2023 yil 31 mart kunidagi 245-5-77-XT/2023-sonli buyrug'iga ko'ra R.B bilan imzolangan myehnat shartnomasi O'zbyekiston Ryespublikasi Myehnat kodyeksining (eski taxrirdagi) 100-moddasi 2-qismi 3-bandiga asosan byekor qilingan.
Mazkur buyruqqa asos sifatida unga 2023 yil 03 fyevraldagi 22-5-77-XT/2023-son buyrug'i bilan qo'llanilgan xayfsan, 2023 yil 28 fyevraldagi 190-5-77-XT/2023-son buyrug'i bilan qo'llanilgan 30 % jarima intizomiy jazo choralari, Xatirchi tuman prokuraturasining 2023 yil 28 fyevraldagi 9/90-23-sonli taqdimnomasi, tushuntirish xati, lavozim majburiyatlari, kasaba uyushmasi qo'mitasining rozilik qarori, O'zbyekiston Ryespublikasi Myehnat kodyeksining (eski taxrirdagi) 100-moddasi ikkinchi qismi 3-bandi ko'rsatilgan.
Mazkur myehnat shartnomasini byekor qilish haqidagi buyruq chiqarilgunga qadar, Xatirchi tuman xalq ta'limi bo'limi mudirining 3.02.2023 yildagi 122-5-77-XT/2023-sonli buyrug'iga asosan R.Bga lavozim majburiyatlarini to'liq bajarmaganligi, ish jarayonida xato va kamchiliklarga yo'l qo'yganligi, ingliz tili fani o'qituvchisi D.Xning 2022 yil dyekabrь oyi ish haqini yozish jarayonida kamchiliklari uchun “xayfsan” intizomiy jazosi byerilgan.
Buyruqqa asos sifatida maktab diryektori Sh.Bning bildirgisi, tuman moliya bo'limi hamda maktab xodimlari tomonidan tuzilgan 2023 yil 19 yanvardagi dalolatnoma, O'zbyekiston Ryespublikasi Myehnat kodyeksining 181-moddasi 1-bandi ko'rsatilgan.
Shuningdyek Xatirchi tuman xalq ta'limi bo'limi mudirining 28.02.2023 yildagi 190-5-77-XT/2023-sonli buyrug'iga asosan R.Bga o'zining lavozim majburiyatlarini bajarishda kamchiliklarga yo'l qo'yganligi sababli o'rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi qo'llanilgan.
Buyruqqa asos sifatida maktab diryektori Sh.Bning bildirgisi, R.Bning tushuntirish xati, O'zbyekiston Ryespublikasi Myehnat kodyeksining 181-moddasi 2-bandi ko'rsatilgan.
Sudda aniqlangan holatlarga ko'ra ish byeruvchi, ya'ni javobgar Xatirchi tuman xalq ta'limi bo'limi da'vogar R.Bga nisbatan ikki oy ichida uchta intizomiy jazo chorasini qo'llagan bo'lsada ammo birortasi bo'yicha ham da'vogarni intizomiy jazo byerilgani to'g'risida buyruq xodimga ma'lum qilinmagan, tanishtirilgani haqida tilxat olinmagan.
Vaholanki, O'zbyekiston Ryespublikasi Myehnat Kodyeksining (eski taxrir) 182-moddasida ko'rsatilishicha, intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqi byerilgan shaxslar (organlar) tomonidan qo'llaniladi.
Intizomiy jazo qo'llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati byerishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo'ya xatti-harakati uchun jazo qo'llashga to'siq bo'la olmaydi.
Intizomiy jazoni qo'llanishda sodir etilgan nojo'ya xatti-harakatning qay darajada og'ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.
Har bir nojo'ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo'llanishi mumkin.
Intizomiy jazo byerilgani to'g'risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror xodimga ma'lum qilinib, tilxat olinadi.
Xatirchi tuman xalq ta'limi bo'limi mudirining 2023 yil 31 mart kunidagi 245-5-77-XT/2023-sonli buyrug'iga ko'ra R.B bilan imzolangan myehnat shartnomasi O'zbyekiston Ryespublikasi Myehnat kodyeksining (eski taxrirdagi) 100-moddasi 2-qismi 3-bandiga asosan byekor qilingan. Mazkur buyruqqa asos sifatida unga bundan oldingi ikkita intizomiy jazo qo'llash haqidagi buyruqlar va Xatirchi tuman prokuraturasining 2023 yil 28 fyevraldagi 9/90-23-sonli taqdimnomasi asos qilib ko'rsatilgan.
Xatirchi tuman prokuraturasining 2023 yil 28 fyevraldagi 9/90-23-sonli taqdimnomasida O'zbyekiston Ryespublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021 yildagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy, aqliy, syensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan, shuningdyek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo'lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta'lim byerish tartibi to'g'risida”gi Nizom talablariga rioya qilinishi ahvoli tuman XTB tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'rganilgani, o'rganishda bir nyechta maktablarda shu sohada qator kamchiliklar aniqlangani, jumladan tumandagi 24-sonli umumta'lim maktabning o'qituvchisi N.B o'quv ryejada fizika fani ryejalashtirilmagan bo'lsada, ushbu fan bo'yicha unga dars soatlari o'tib kyelingani kamchilik sifatida qayd etilgan.
Tuman prokuraturasining taqdimnomasida yuqorida qayd etilgan kamchilik Xatirchi tumanidagi 24-son umumta'lim maktabining o'quv ishlari bo'yicha diryektor o'rinbosari R.B tomonidan sodir qilingani yoki R.Bga intizomiy jazo chorasini qo'llash so'ralmagan bo'lsada, Xatirchi tuman halq ta'limi bo'limi mudiri tomonidan shu xolatlar bo'yicha R.B bilan myehnat shartnomasi myehnat intizomini muntazam ravishda buzib kyelganligi vaji bilan byekor qilingan.
Vaholanki, O'zbyekiston Ryespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 638-sonli “Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim byerishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi qaroriga 4-ilova qilib tasdiqlangan “Jismoniy, aqliy, syensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan, shuningdyek uzoq vaqt davolanishgav muhtoj bo'lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta'lim byerish tartibi to'g'risidagi” Nizomning 4-bob 20-bandida “O'quvchining qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib, ota-onalarning arizasiga muvofiq o'quv ryejasida ko'rsatilgan fanlarni umumiy soatlar miqdoridan oshmagan holda 1 soatga o'zgartirishga yo'l qo'yiladi.
Bunday o'zgartirish maktab diryektorining buyrug'iga muvofiq o'quv ryejasidagi bitta fanni boshqa bir fan bilan almashtirish hisobiga amalga oshiriladi” dyeb ko'rsatilgan.
Bundan ma'lum bo'lishicha fuqaro F.A ning nabirasi B.N ga jismoniy tarbiya fani o'rniga fizika fanini qo'yib byerish maktab diryektorining vakolati bo'lsada, bunday kamchilikka yo'l qo'yilganligi vaji bilan R.B ga ikki oy ichida uchinchi intizomiy jazo chorasi byerilib u bilan myehnat shartnomasi byekor qilingan.
Sudda aniqlangan holatlarga ko'ra, jismoniy, aqliy yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan uyda yakka tartibda ta'lim olayotgan bolalarga bitta fanni boshqa bir fan bilan almashtirib byerish vazifasi o'quv ishlari bo'yicha diryektor o'rinbosari lavozim majburiyalariga kirmaydi, ammo shunday bo'lsada aynan shu holat bo'yicha R.B ga uchinchi intizomiy jazo chorasi ham noto'g'ri qo'llanilgan va buning natijasida u bilan myehnat shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda byekor qilingan.
O'zbyekiston Ryespublikasi Konstituцiyasining 42-moddasiga ko'ra har kim munosib myehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob byeradigan qulay myehnat sharoitlarida ishlash, myehnati uchun hyech qanday kamsitishlarsiz hamda myehnatga haq to'lashning byelgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdyek ishsizlikdan qonunda byelgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.
Sud yuqorida ko'rsatilgan qonunlar, O'zbyekiston Ryespublikasi Konstituцiyasi va Oliy sud Plyenum qarori rahbariy ko'rsatma talablaridan kyelib chiqib, sudda aniqlangan ish holatlariga ko'ra, javobgar Xatirchi tuman xalq ta'limi bo'limining da'vogar R.B bilan myehnat sharnomasini byekor qilish haqidagi 31.03.2023 yildagi 245-5-77XT/2023-sonli buyrug'ini g'ayriqonuniy dyeb topishni hamda R.Bni 2023 yil 31 mart kunidan boshlab o'z ishiga, Xatirchi tumanidagi 24-son umumta'lim maktabining o'quv ishlari bo'yicha diryektor o'rinbosari lavozimiga ishga tiklashni lozim dyeb topdi.
Shuningdyek, da'vogar R.Bning 2023 yil 31 martdan 2023 yil 06 iyulь kuniga qadar majburan byekor yurgan kunlari 3 oy 6 kun uchun jami 13.434.093 so'm ish haqi (soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar ushlangan holda) undirib byerildi.
Xulosa qilib aytganda, yangi Konstituцiya normalari amalda qo'llanilib, myehnat huquqlari buzilgan xodimning huquqlari sud orqali tiklandi.
Fuqarolik ishlari bo'yicha
Xatirchi tuman sudi raisi B.Babaqulov.